O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ma’lumotlari va dunyo uyali aloqa bozorini o’rganuchi kompaniya – “Altimo” taqdqiqotlarining ko’rsatishicha, O’zbekistonda uyali aloqa abonentlari soni
24,3 milliondan oshadi. Bu jami aholining
80%deganidir.
“Altimo” reytingiga qaraganda, O’zbekiston mobil aloqa indeksi bo’yicha dunyoning 10 ta yetakchi mamlakatlari qatoriga kiradi. Bundan tashqari, mamlakatdagi mobil xizmatlar dunyodagi eng arzonlaridan sanaladi.
Bugungi kunda beshta uyali aloqa operatorlari aholiga xizmat ko’rsatib kelmoqda: GSM andozasida ishlovchi «Uzdunrobita» («MTS-O’zbekiston» savdo belgisi ostida), «Unitel» («Beeline» savdo belgisi) va «Coscom» («Ucell» savdo belgisi), CDMA andozasida faoliyat ko’rsatuvchi «Rubicon Wireless Communication» («Perfectum Mobile» savdo belgisi) va “O’zbektelecom” AKning “O’zbektelecom mobile” filiali («Uzmobile» savdo belgisi).
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ma’lumotlariga ko’ra, hozirda Internet tarmog’i foydalanuvchilari soni ham muttasil oshib bormoqda: 7,6 million kishi Internetdan foydalanadi va shulardan 4,27 million nafari uyali aloqa orqali tarmoqqa chiqadi.
Mobil Internet foydalanuvchilari sonining doimiy ortib borishi uyali aloqa operatorlari tarmoqlari oldiga qo’yiladigan talablarni oshirmoqda. Ma’lumotlarni uzatish tezligi hamda sifatining oshishi shiddatli davrimiz talabi bo’lib bormoqda. 2009 yilda mamlakatdagi uch nafar uyali aloqa operatorlari uchinchi avlod tarmoqlari (3G)ning barpo etilishiga litsenziyalarni qo’lga kiritdilar. Bu tarmoqning oldingilaridan farqli jihati shundaki, 3G tarmoqda uzatiladigan ovozning sifatini yanada oshirib, yuqori tezlikdagi Internet va multimediya imkoniyatlarini taqdim etadi.
Shuni ham eslatib o’tamizki, MDH mamlakatlari orasida birinchi bo’lib to’rtinchi avlod uyali aloqa xizmati – 4G ni yo’lga qo’ygan mamlakat ham O’zbekiston bo’ladi.
Manba: olam.uz